date

Marselo karyerasidagi eng qiyin raqib sifatida Ronalduni tanladi


Madridning “Real” klubida chap qanot himoyachisi bo'lib o'ynagan Marselo faoliyati davomida kimga qarshi o'ynash eng mushkul bo'lganini aytdi. “Messi har doim muammo bo'lgan.

Xesus Navas ham menga juda ko'p qiyinchilik tug'dirgan. Xabi Prietoga qarshi himoyalanish ham nihoyatda og'ir edi.

Pedro ham juda kuchli futbolchi. Biroq men Krishtianu Ronalduni tanlayman”, — dedi braziliyalik.

Marseloning ta'kidlashicha, Messi ham, Ronaldu ham futbol tarixidagi betakror o'yinchilar: “Messi — aqlbovar qilmas darajada zo'r. Ikkalasining o'yinidan ham rohatlanganmiz, ammo men doimo Ronalduni afzal ko'rganman.

Men Krishtianuning katta muxlisiman”. Uning so'zlarini Madrid Xtra keltirdi.

Ma'lumot uchun, Marselo “Real” safida RonaldU bilan 2009–2018 yillarda birga to'p surgan. Hozirda portugaliyalik Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubida o'ynaydi, Marselo esa futbolchilik faoliyatini yakunlagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Marselo karyerasidagi eng qiyin raqib sifatida Ronalduni tanladi