date

Di Lorenso: Napoli o'yindan mamnun va finalga tayyor


Italiyaning "Napoli" klubi A Seriyadagi yaqindagi mag'lubiyat uchun "Milan"dan revansh oldi. Massimiliano Allegri boshqaruvidagi jamoani mag'lub etgan neapolliklar Italiya Superkubogi finaliga yo'l oldi.

Uchrashuvdan so'ng "Napoli" hujumchisi Jovanni Di Lorenso o'yin haqida fikr bildirdi: "Bugun kechqurun juda zo'r o'yin o'tkazdik. Kerak bo'lgan paytda himoyalandik, keskin hujum qilish zarur bo'lganda esa hujumga o'tdik.

Biz natijadan mamnunmiz. Finalda kimga qarshi o'ynashimizdan qat'i nazar, g'alaba qozonish uchun bor kuchimizni beramiz", — deya uning so'zlarini pianetamilan.it keltiradi.

Ma'lumot uchun, "Napoli" Italiya Superkubogini o'z tarixida ikki bor qo'lga kiritgan: 1991 va 2014 yillarda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Di Lorenso: Napoli o'yindan mamnun va finalga tayyor