date

Najmiddin Qosimxo‘jayev taekvondo bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi


O‘zbekistonlik taekvondochi Najmiddin Qosimxo‘jayev (74 kg vazn toifasi) Xitoyning Usi shahrida o‘tkazilgan WT taekvondo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston Taekvondo Assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Hal qiluvchi bahsda Qosimxo‘jayev braziliyalik Edival Pontesga qarshi jang qildi. Pontes avvalgi jahon chempionatlari va Olimpiya o‘yinlarining bronza medali sovrindori hisoblanadi.

Najmiddin Qosimxo‘jayev uchun bu jahon chempionatida qo‘lga kiritilgan birinchi oltin medal hisoblanadi. O‘zbekiston terma jamoasi Usi-2025 musobaqasini uchta medal bilan yakunladi: bir oltin, bir kumush va bir bronza.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Najmiddin Qosimxo‘jayev taekvondo bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi