
Barselona vingeri Lamin Yamal La Liga doirasida Vilyarrealga qarshi o'yinda (2:0) gol urdi. Yosh ispaniyalik futbolchi 63-daqiqada raqib darvozasini ishg'ol etib, uchrashuvdagi yakuniy hisobni belgilab berdi.
Yamalning La Ligadagi karyera gollari soni 21 taga yetdi. Bu ko'rsatkich XXI asr boshidan buyon Yevropaning besh yetakchi chempionatida 18 yoshgacha bo'lgan futbolchilar orasida ikkinchi natija hisoblanadi.
19 yoshga to'lguniga qadar undan ko'proq gol urgan yagona futbolchi Kilian Mbappe bo'lib, u Liga 1da 23 ta gol qayd etgan. Ispaniya chempionatining joriy mavsumida yana uch bor gol ursa, Yamal fransuz hujumchining ushbu rekordini yangilaydi.
2025/26 yilgi La Liga mavsumida Yamal 14 o'yinda 7 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma amalga oshirdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.