date

Messiga Mayami shahri kaliti topshirildi


Argentinalik hujumchi Lionel Messi Mayami shahri meri Frensis Suaresdan ramziy shaharning kalitini qabul qilib oldi. Bu haqda ESPN xabar bermoqda.

"Sizga ushbu kalitni shaharmiz, mamlakatimiz va butun futbol dunyosi uchun amalga oshirganingiz ishlarga minnatdorchilik sifatida topshirishni istayman. Rahmat sizga," dedi Suares.

Messi bu sovg'ani katta sharaf deb atadi va o'z oilasi bilan ushbu shaharda yashayotganidan juda baxtiyor ekanligini ta'kidladi. Lionel Messi 2023 yilda "Inter Mayami" jamoasi futbolchisiga aylangan va klub tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylangan.

U barcha musobaqalarda jamoa tarkibida 84 ta o'yinda maydonga tushib, 74 ta gol urgan va 37 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Messiga Mayami shahri kaliti topshirildi