date

Djikiyaning agenti Antalyaspor tark etishi haqidagi gaplarga izoh berdi

Djikiyaning agenti Antalyaspor tark etishi haqidagi gaplarga izoh berdi

«Antalyaspor» himoyachisi Georgiy Djikiya bo‘yicha tarqalgan mish-mishlarga futbolchining agenti Vladimir Kuzmichyov munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Agentning aytishicha, Djikiya bilan hammasi joyida va klub unga ishonch bildirmoqda. So‘nggi uchrashuvlarda u maydonga tushmagani sababi esa mikrojaroqat bo‘lgan. Hozir esa to‘liq tiklangan va keyingi o‘yinda ishtirok etishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq matbuotda turk klubi «Spartak»ning sobiq sardori bilan xayrlashishni istayotgani haqida xabarlar chiqqandi.

Djikiyaning Turkiya chempionatidagi joriy mavsum hisobida 12 ta o‘yin va 2 ta gol bor. Futbolchining «Antalyaspor» bilan shartnomasi 2027 yil o‘rtalarigacha amal qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Djikiyaning agenti Antalyaspor tark etishi haqidagi gaplarga izoh berdi