date

Flik oʻyindan qoniqdi: "Barselona" uslubi ishladi, chempionlik yaqin...

Flik oʻyindan qoniqdi: "Barselona" uslubi ishladi, chempionlik yaqin...

"Barselona" bosh murabbiyi Xansi Flik "Xetafe"ga qarshi 2:0 hisobidagi gʻalabadan soʻng jamoasining oʻyinini yuqori baholadi. Nemis mutaxassisi ayniqsa futbolchilarning intizomi va maydondagi harakatlaridan mamnun ekanini taʼkidladi.

Flikning soʻzlariga koʻra, jamoa oʻz uslubiga sodiq qolib, toʻp bilan ham, toʻpsiz ham muvozanatli oʻyin namoyon etgan. “Biz oʻz falsafamizga amal qildik. Koʻrganlarimdan juda mamnunman — jamoa toʻliq ishladi, har bir vaziyatda diqqatli boʻldik, ayniqsa uzun uzatmalarda”, — deya qayd etdi murabbiy.

U birinchi golgacha yaratilgan imkoniyatlar ham muhim ahamiyat kasb etganini taʼkidlab, hisob ochilganidan keyin oʻyin butunlay nazoratga olinganini aytdi. Ikkinchi gol esa gʻalabani mustahkamlagan hal qiluvchi zarba boʻldi.

Alohida eʼtibor Pedriga qaratildi. Flik uning maydondagi harakati, munosabati va oʻyinini “yuqori darajada” deb baholadi. Shuningdek, Markus Reshfordning oʻyini ham murabbiyni qoniqtirgan — uning goli jamoa uchun juda muhim boʻlgani taʼkidlandi.

Murabbiy shu bilan birga hozircha turnir jadvali va hisob-kitoblar haqida oʻylamaslik kerakligini aytdi. Uning fikricha, asosiy eʼtibor har bir oʻyinga qaratilishi lozim, chempionlik esa barcha uchrashuvlar yakunlanganidan keyin nishonlanadi.

Hozirgi holatga koʻra, "Barselona" 85 ochko bilan La Liga turnir jadvalida peshqadamlikni saqlab turibdi va chempionlikka eng yaqin daʼvogarlardan biri boʻlib qolmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Flik oʻyindan qoniqdi: "Barselona" uslubi ishladi, chempionlik yaqin...