date

Bavariya Upamekano masalasida javob kutayotganini bildirdi

Bavariya Upamekano masalasida javob kutayotganini bildirdi

Myunxenning «Bavariya» klubida sport direktori lavozimida ishlayotgan Maks Eberl markaziy himoyachi Dayo Upamekanoning kelajagi bo‘yicha vaziyatga izoh berdi. 27 yoshli fransuz futbolchining amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakuniga qadar mo‘ljallangan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Biz Upamekanodan javob kutyapmiz», — deya Eberlning so‘zlarini jurnalist Florian Plettenberg ijtimoiy tarmoqlarda keltirdi.

Avvalroq OAVda «Bavariya» yangi shartnoma bo‘yicha Upamekanoga berilgan taklifni yaxshilamasligi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Upamekano «Bavariya» safida jami 176 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bavariya Upamekano masalasida javob kutayotganini bildirdi