Kilyan Mbappe «Real»ni tark etishi mumkinmi? Tafsilotlar

Madridning «Real» klubi atrofida kutilmagan vaziyat yuzaga keldi. Jamoaning etakchi hujumchilaridan biri Kilyan Mbappe Ispaniya grandini tark etishi mumkinligi haqidagi xabarlar futbol muxlislarida katta shovshuvga sabab bo'ldi. Zamin.uz ushbu ziddiyatli vaziyat va uning tafsilotlari bilan bo'lishadi.
Mashhur jurnalist Fransua Gallyardonning ma'lumotlariga ko'ra, fransiyalik hujumchi jamoadoshlarining ayrim harakatlaridan norozi. Xususan, Mbappe «Qaymоqrangilar»ning yana bir yoqimli yulduzi Vinisiyus Junior bilan munosabatlarida kelishmovchiliklar mavjudligi aytilmoqda. Avvalroq esa Kilyan va yana bir yarim himoyachi Jud Bellingem o'rtasida ham nizo kelib chiqqani haqida ma'lumotlar tarqalgan edi.
Kilyan Mbappe 2024 yilning yozida katta umidlar bilan Madrid jamoasi safiga qo'shilgan edi. U klub bilan 2029 yilning iyunigacha mo'ljallangan uzoq muddatli shartnoma imzolagan. Shunga qaramay, joriy mavsumda u ajoyib ko'rsatkichlarni qayd etib, Ispaniya La Ligasi doirasida 28 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 24 ta gol kiritishga erishdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!