date

Mundial ostonasida: Oʻzbekistonning taxminiy tarkibi qanday boʻladi?

Mundial ostonasida: Oʻzbekistonning taxminiy tarkibi qanday boʻladi?

Oʻzbekiston milliy terma jamoasining 2026 yilgi Jahon chempionatidagi ishtiroki butun dunyo futbol jamoatchiligi, xususan, xorijlik mutaxassislar va tahlilchilarning eʼtiborida boʻlib turibdi. Braziliyaning taniqli «fotosfutfc» futbol sahifasi mundial oldidan vakillarimizning taxminiy tarkibini eʼlon qildi. Unga koʻra, «oq boʻrilar»ning ikki xil taktik varianti koʻrib chiqilgan.

1-variant: Himoya va yarim himoyadagi asosiy kuchlar

Birinchi taktik sxemada asosiy eʼtibor tajriba va himoya barqarorligiga qaratilgan. Darvozani Oʻtkir Yusupov («Navbahor») qoʻriqlashi kutilmoqda. Himoya chizigʻida esa «Manchester Siti» vakili Abduqodir Husanov markaziy himoyachi sifatida Ashurmatov va Xamraliyev bilan birgalikda maydonga tushishi mumkin.

Yarim himoya chizigʻida esa Oston Oʻrunov hamda Abbosbek Fayzullayev hujum chizigʻida Eldor Shomurodovga yaqqol koʻmakchi boʻlishi kutiladi.

  • Darvozabon: Oʻtkir Yusupov.

  • Himoyachilar: Ashurmatov, Abduqodir Husanov, Xamraliyev.

  • Yarim himoyachilar: Nasrullayev, Shukurov, Xamrobekov, Alijonov.

  • Hujumchilar: Oʻrunov, Shomurodov, Fayzullayev.

2-variant: Hujumkorlikni kuchaytirish sxemasi

Ikkinchi variantda darvozani Abduvohid Neʼmatov («Nasaf») himoya qilishi nazarda tutilgan. Himoya chizigʻida Eshmurodov, Abdullayev va Oʻrozovlar mustahkam qoʻrgʻon hosil qilsa, maydon markazida Sayfiyev, Raxmonaliyev, Mozgovoy va Karimovlar raqib hujumlarini bartaraf etishga yordam beradi. Hujum chizigʻida esa Sergeyev, Erkinov va Gʻaniyev kabi futbolchilarning imkoniyatlari koʻrib chiqilgan.

  • Darvozabon: Abduvohid Neʼmatov.

  • Himoyachilar: Eshmurodov, Abdullayev, Urozov.

  • Yarim himoyachilar: Sayfiyev, Raxmonaliyev, Mozgovoy, Karimov.

  • Hujumchilar: Erkinov, Sergeyev, Gʻaniyev.

Jahon chempionatidagi raqiblar

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston «K» guruhidan joy olgan boʻlib, Kolumbiya, Portugaliya va Kongo terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi. Bunday raqobatbardosh guruhda murabbiylar shtabidan katta mahorat va aniq taktik qarorlar talab etiladi.

Hurmatli muxlislar, sizningcha, yuqoridagi variantlardan qaysi biri Jahon chempionatida muvaffaqiyat qozonish uchun eng maqbul hisoblanadi?

Milliy terma jamoamizning Jahon chempionatiga tayyorgarligiga oid eng soʻnggi yangiliklarni Zamin.uz saytida kuzatib boring.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Mundial ostonasida: Oʻzbekistonning taxminiy tarkibi qanday boʻladi?