date

Arbeloa Mbappe Ronalduni ortda qoldira olishini aytdi

Arbeloa Mbappe Ronalduni ortda qoldira olishini aytdi

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa hujumchi Kilian Mbappeninng yuqori natijadorligi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Fransuz futbolchi La Ligada «Valensiya»ga qarshi yakshanba kungi bahsda yana gol urdi, uchrashuv «qaymoqranglilar»ning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Mbappe joriy mavsumda 31 o‘yinda 38 ta gol urdi — bunday ko‘rsatkichlarni o‘zining eng zo‘r yillarida Krishtianu Ronaldu ham qayd etgan.

«Hamma Ronalduning natijadorligini hech kim takrorlay olmaydi, deb o‘ylagandi, ammo Mbappe xuddi shu yo‘ldan ketayotgandek. U gol bo‘yicha Ronalduni ortda qoldira oladimi? Bu juda-juda qiyin, chunki Krishtianu — go‘yo boshqa sayyoradan. Lekin agar buni kimdir uddalasa, demak bu Kilian bo‘ladi», — Madrid Zone Arbeloaning so‘zlarini keltiradi.

Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu «Real» tarixidagi eng yaxshi to‘purar: u 438 o‘yinda 450 marta raqib darvozasini ishg‘ol qilgan. Mbappe esa «Real» safida 90 uchrashuvda 82 ta gol urishga ulgurdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arbeloa Mbappe Ronalduni ortda qoldira olishini aytdi