date

Al-Nasr Ronaldu bosimi ostida ikki talabni bajarib qo'ydi

Al-Nasr Ronaldu bosimi ostida ikki talabni bajarib qo'ydi

Krishtianu Ronaldu boykotni yakunlamoqda. Kutilishicha, portugaliyalik hujumchi hafta oxirida Saudiya Arabistoni chempionatida «Al-Fateh»ga qarshi uchrashuvda maydonga tushadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

A Bola xabariga ko'ra, «Al-Nasr» rahbariyati yulduz futbolchi bosimi fonida ikki masalani ijobiy hal qildi. Avvalo, Ar-Riyod klubi so'nggi soatlarda xodimlar oldidagi qarzdorliklarni yopdi. Shuningdek, Ronalduga yaqin bo'lgan sport yo'nalishidagi shaxslar — Joze Semedu va Simau Kontinyo — avvalgi vakolatlarini qayta tikladi. Oldinroq bu ikki funksioner qishki transfer kampaniyasi jarayonida muhim rol o'ynay olmagan edi.

Hozirda «Al-Nasr» Pro-liga turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda va peshqadam «Al-Hilol»dan bir ochko ortda qolmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al-Nasr Ronaldu bosimi ostida ikki talabni bajarib qo'ydi