Ronaldu Al-Nasr g‘alabasini ikki emoji bilan nishonladi

Krishtianu Ronaldu murabbiy bilan kelishuvga ko‘ra OFK Chempionlar ligasi 2 guruh bosqichi o‘yinlarida maydonga tushmayapti. Shunga qaramay, saudiyaliklar o‘z yetakchisiz ham ishonchli natija ko‘rsatmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Chorshanba kuni «Al-Nasr» guruhdagi beshinchi uchrashuvini ham yutib, besh o‘yindan besh g‘alaba qayd etdi. Jamoa Tojikistonda «Istiqlol»ni 4:0 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchratdi.
Uchrashuvdan keyin Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda «Al-Nasr» guruhni birinchi o‘rinda yakunlab, keyingi bosqichga chiqqani haqidagi xabarni repost qildi va unga ikki emoji — olov hamda qarsak qo‘shdi.
40 yoshli Krishtianu Ronalduning «Al-Nasr» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing