Panenka penaltidagi uslubini hurmatsizlik deb hisoblamaydi

Chex futboli afsonasi Antonin Panenka o‘z nomi bilan ataladigan «panenka» uslubidagi penalti zarbasi raqibni kamsitish degan fikrga qo‘shilmadi. U bu zarbani 1976 yilgi Yevropa chempionati finalida amalga oshirgani bilan tarixda qolgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Panenkaning aytishicha, bunday paytda futbolchi raqib ustidan kulish haqida emas, gol urish ehtimoli eng yuqori bo‘lgan yechim haqida o‘ylaydi. «Bu zarba hurmatsizlikmi? Men bunga qo‘shilmayman. O‘sha onlarda men buni gol urishning eng ishonchli yo‘li deb bildim. Yevropa chempionati finalida raqib ustidan kulishni o‘ylamaysan. Men futbolni yaxshi ko‘raman va hech kimni masxara qilishni xohlamaganman. Menimcha, bu gol urishning eng yaxshi usuli edi», — dedi u Cadena SER’ning El Larguero dasturida.
Shuningdek, avvalroq Panenka uning fikricha, Braim Dias nega Afrika Millatlar kubogi finalida «panenka» uslubida gol ura olmagani borasida ham izoh bergandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!