Verizon Starlink'ni raqobatchi deb hisoblamayapti

1 daqiqa o'qish151
Verizon Starlink'ni raqobatchi deb hisoblamayapti

Verizon kompaniyasi Starlink va Amazon Leo sunʼiy yoʻldosh internet xizmatlari yaqin 10 yil ichida AQShda 5 milliongacha abonent toʻplashi mumkinligini taxmin qilmoqda. Biroq, New Street Research maʼlumotlariga koʻra, Starlink allaqachon jadal oʻsish surʼatlarini koʻrsatmoqda: 2025-yilda kompaniyaning global foydalanuvchilar bazasi ikki barobarga oshib, faqat AQShning oʻzida 2,7 million abonentga yetdi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Shunga qaramay, Verizon rahbariyati vaziyatga xotirjam yondashmoqda. Kompaniya bosh direktori Dan Schulman sunʼiy yoʻldosh interneti yer usti tarmoqlariga toʻliq muqobil emas, balki qoʻshimcha xizmat boʻlishi mumkinligini taʼkidladi. Uning soʻzlariga koʻra, operatorlar daromadining asosiy qismi sunʼiy yoʻldosh texnologiyalari hali anʼanaviy infratuzilma bilan raqobatlasha olmaydigan shahar va shahar atrofi hududlaridan keladi.

Ayni paytda AT&T, T-Mobile va Verizon AQSh boʻylab, ayniqsa qishloq va kam taʼminlangan hududlarda aloqa sifatini yaxshilash maqsadida qoʻshma korxona tuzish boʻyicha kelishuvga erishdi. SpaceX esa Starlink tezligini sezilarli darajada oshiradigan yangi avlod stansiyalari ustida ishlamoqda.

Hozirgi kunda Starlink 160 dan ortiq mamlakatda 10 milliondan ortiq faol foydalanuvchiga xizmat koʻrsatmoqda. SpaceX yetkazib beruvchilari prognozlariga koʻra, sunʼiy yoʻldosh interneti foydalanuvchilari soni ikki yildan soʻng 100 milliondan, toʻrt yildan soʻng esa 200 milliondan oshishi kutilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?