Naumov Mourinyu uchun Saudiya ligasini mos deb bildi

“Lokomotiv”ning sobiq prezidenti Nikolay Naumov “Benfika” bosh murabbiyi Joze Mourinyu uchun qaysi chempionat ko'proq mos tushishini aytdi. U bu boradagi fikrlarini “Yevro-Futbol.Ru” nashriga bergan intervyusida bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Naumovning ta'kidlashicha, Mourinyuning eng yuqori darajadagi davri ortda qolgan bo'lishi mumkin. Ekspert fikricha, portugaliyalik mutaxassisga tanaffus kerak, chunki u futbol tendensiyalari bo'yicha biroz ortda qolgan, avvallari esa noodatiy va kutilmagan qarorlari bilan ajralib turardi.
“Saudiya Arabistonida unga yaxshi bo'ladi: maoshlar katta, u yerda mojarolarni yaxshi ko'rishadi, qolaversa, katta yoshdagi nomdor futbolchilar bilan ham ishlash mumkin. Menimcha, Saudiya Arabistoni unga mos”, — dedi Naumov.
Mourinyu boshqaruvidagi “Benfika” Chempionlar ligasi 1/16 finalida Madridning “Real”iga qarshi maydonga tushadi. Dastlabki uchrashuv 17 fevral kuni Portugaliyada bo'lib o'tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!