Naumov Mourinyo uchun eng mos liga Saudiya dedi

“Lokomotiv”ning sobiq prezidenti Nikolay Naumov “Benfika” bosh murabbiyi Joze Mourinyo faoliyatini davom ettirishi mumkin bo‘lgan chempionat haqida fikr bildirdi. U “Yevro-Futbol.Ru” nashriga bergan intervyusida portugaliyalik mutaxassisga aynan Saudiya Arabistoni ligasi mos kelishini ta’kidladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Naumovning aytishicha, Mourinyoning eng yorqin davri ortda qolgan: u murabbiy sifatida tanaffus qilishi kerak, chunki zamonaviy futbol talablari fonida avvalgi yangilik va kutilmagan qarorlar ko‘rinmayapti. Ekspertning fikricha, hozir Mourinyo avvalgidek sirli va original emas, o‘rtamiyona murabbiy ko‘rinishida qolib ketgan.
“Saudiya Arabistonida unga yaxshi bo‘ladi: maoshlar katta, u yerda mojarolarni yaxshi ko‘rishadi, yoshi katta yulduz futbolchilar bilan ishlash imkoniyati ham bor”, — deya Naumovning so‘zlari keltirildi.
Mourinyo boshqaruvidagi “Benfika” Chempionlar ligasi 1/16 finalida Madridning “Real”iga qarshi maydonga tushadi. Ilk uchrashuv 17-fevral kuni Portugaliyada bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!