Naumov Mourinyo uchun Saudiya chempionatini ma'qul ko'rdi

“Lokomotiv”ning sobiq prezidenti Nikolay Naumov “Benfika” bosh murabbiyi Joze Mourinyo faoliyatini davom ettirishi mumkin bo‘lgan eng mos yo‘nalish haqida fikr bildirdi. U bu boradagi mulohazalarini “Yevro-Futbol.Ru” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Naumovning ta’kidlashicha, Mourinyoning eng kuchli davri ortda qolgan va mutaxassisga tanaffus foyda berishi mumkin. Ekspert fikricha, avvallari sirli, kutilmagan va o‘ziga xos uslubi bilan tanilgan murabbiy hozir ko‘proq oddiy va standart qarorlarga tayanadigan darajaga tushib qolgan.
Naumov Mourinyo uchun eng qulay variant sifatida Saudiya Arabistonini tilga oldi: u yerda maoshlar yuqori, shov-shuv va mojarolarni yoqtirishadi, shuningdek tajribali, yoshi katta yulduz futbolchilar bilan ishlash imkoniyati ham bor. Uningcha, aynan shu muhit portugaliyalik murabbiyga mos tushadi.
Eslatib o‘tamiz, Mourinyo boshchiligidagi “Benfika” Chempionlar ligasi 1/16 finalida Madridning “Real” jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Ilk uchrashuv 17-fevral kuni Portugaliyada bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!