Jezush Ronalduni navbatdagi o'yin oldidan dam oldirmoqda

“Al-Nasr” bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nega yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda maydonga tushmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida “Arkadag”ga qarshi o'ynaydi. Portugaliyalik yulduz hujumchi boykotdan keyin tez orada safga qaytishi kutilayotgandi, biroq bu galgi bahsda ham uning ishtiroki bo'lmaydi.
Jezushning aytishicha, jamoa zich taqvim sabab Ronalduni hamda asosiy tarkibdagi bir qator futbolchilarni asrab qolishni ma'qul ko'rgan. Murabbiy bu qarorni shanba kungi muhim o'yin — “Al-Fateh”ga qarshi bahs oldidan qabul qilinganini ta'kidladi.
“Al Nassr Zone” keltirgan iqtibosda mutaxassis Ronalduning Saudiya Arabistonidan tashqarida o'tadigan uchrashuvlarni tez-tez o'tkazib yuborishi yangilik emasligini ham eslatib o'tgan.
Saudiya chempionatidagi “Al-Fateh” — “Al-Nasr” uchrashuvi 14-fevral, shanba kuni bo'lib o'tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!