Naumov Mourinyoga Saudiya ligasi mosligini aytdi

“Lokomotiv”ning sobiq prezidenti Nikolay Naumov “Benfika” bosh murabbiyi Joze Mourinyoning keyingi faoliyati uchun qaysi chempionat mos kelishini aytdi. Mutaxassis bu boradagi fikrlarini “Yevro-Futbol.Ru” nashriga bergan intervyusida bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Naumovning ta’kidlashicha, Mourinyoning eng yorqin davri ortda qolgan bo‘lishi mumkin. Uning fikricha, portugaliyalik mutaxassisga biroz tanaffus kerak, chunki avvallari sirli va kutilmagan qarorlari bilan ajralib turgan murabbiy hozir oddiyroq, o‘rtamiyona ko‘rinishda qolmoqda.
“Meningcha, Saudiya Arabistonida unga juda qulay bo‘ladi: maoshlar katta, mojarolarni yoqtirishadi, katta yoshdagi mashhur futbolchilar bilan ishlash ham mumkin. Saudiya Arabistoni unga mos keladi”, — dedi Naumov.
Mourinyoning “Benfika”si Chempionlar ligasi 1/16 finalida Madridning “Real”iga qarshi maydonga tushadi. Dastlabki uchrashuv 17-fevral kuni Portugaliyada bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!