date

Naumov Mourinyu uchun Saudiya ligasini munosib ko'rdi

Naumov Mourinyu uchun Saudiya ligasini munosib ko'rdi

“Lokomotiv”ning sobiq prezidenti Nikolay Naumov “Benfika” bosh murabbiyi Joze Mourinyu faoliyatini davom ettirishi mumkin bo'lgan eng mos chempionat haqida fikr bildirdi. U bu haqda “Yevro-Futbol.Ru” nashriga bergan intervyusida gapirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Naumovning aytishicha, Mourinyu endi avvalgidek sirli va kutilmagan yechimlari bilan ajralib turmayapti. Ekspert unga biroz tanaffus kerakligini, futbol qarashlarida esa zamondan ortda qolayotgani sezilayotganini ta'kidladi.

Shu sabab Naumov Mourinyu uchun Saudiya Arabistoni chempionati ayni muddao bo'lishini aytdi: u yerda maoshlar katta, mojarolarni yoqtirishadi va tajribali, yoshi katta yulduz futbolchilar bilan ishlash imkoniyati ham bor.

Mourinyu boshchiligidagi “Benfika” Yevropa Chempionlar ligasi 1/16 finalida Madridning “Real”iga qarshi maydonga tushadi. Dastlabki uchrashuv 17 fevral kuni Portugaliyada bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Naumov Mourinyu uchun Saudiya ligasini munosib ko'rdi