Yelagin Ronalduning qaytishini alohida e'tirof etdi

Saudiya Arabistoni chempionatining 22-turida «Al-Nasr» safarda «Al-Fateh»ni 2:0 hisobida mag'lub etdi. Uchrashuvdagi gollardan birini 41 yoshli hujumchi Krishtianu Ronaldu urdi — u boykotdan keyin yana maydonga qaytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
O'yindan so'ng futbol sharhlovchisi Aleksandr Yelagin portugaliyalik yulduzning harakatlarini yuqori baholadi.
«Buyuk futbolchi ish tashlashdan keyin qaytdi va darrov gol urdi. Faqat gol bilan kifoyalanmadi, himoyada ham ishladi — bir necha bor jarima maydonchasidan to'pni uzoqlashtirdi. Yosh boladek yuguradi! Ham qoyil qoldim, ham havas qildim», — deb yozdi Yelagin ijtimoiy tarmoqlarda.
Joriy mavsum Saudiya Arabistoni chempionatida Ronaldu 19 o'yinda 18 ta gol urdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing