Yelagin Ronalduning boykotdan keyingi qaytishini olqishladi

Saudiya Arabistoni chempionatining 22-turida safarda maydonga tushgan «Al-Nasr» «Al-Fateh» ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdagi gollardan biriga 41 yoshli markaziy hujumchi Krishtianu Ronaldu mualliflik qildi — u boykotdan so‘ng yana maydonga qaytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bahsdan keyin futbol sharhlovchisi Aleksandr Yelagin portugaliyalik yulduzning o‘yinini alohida ta’kidladi.
«Buyuk futbolchi boykotdan keyin qaytdi va gol urdi! Faqat gol bilan cheklanmay, himoyada ham tinmay ishladi, bir necha bor jarima maydonidan to‘pni uzoqlashtirdi. Go‘yoki yosh boladek yuguryapti! Ham qoyil qoldim, ham havas qildim», — deb yozdi Yelagin ijtimoiy tarmoqlarda.
Joriy mavsumda Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatida 19 ta o‘yinda 18 ta gol urdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!