date

Yelagin Ronaldu boykotdan so'ng maydonga qaytdi va gol urdi

Yelagin Ronaldu boykotdan so'ng maydonga qaytdi va gol urdi

Saudiya Arabistoni chempionatining 22-turida safarda o‘tgan uchrashuvda «Al-Nasr» «Al-Fateh»ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Bellashuvdagi gollardan birini 41 yoshli hujumchi Krishtianu Ronaldu kiritdi — u qisqa tanaffus (boykot)dan keyin yana maydonga qaytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

O‘yin haqida futbol sharhlovchisi Aleksandr Yelagin ham fikr bildirdi. Uning aytishicha, Ronaldu nafaqat gol urdi, balki himoyada ham faol ishladi: jarima maydonida bir necha bor to‘pni uzoqlashtirib, yuqori faollik ko‘rsatdi.

Yelagin ijtimoiy tarmoqlarda portugaliyalik yulduzning formasiga qoyil qolganini ta’kidlab, «u go‘yo yosh futbolchidek yuguryapti», deya yozdi.

Joriy mavsumda Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatida 19 o‘yinda 18 ta gol urdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Yelagin Ronaldu boykotdan so'ng maydonga qaytdi va gol urdi