date

Liverpul Salah o'rniga Rodrigoni asosiy nishonga oldi

Liverpul Salah o'rniga Rodrigoni asosiy nishonga oldi

Muhammad Salah kelasi yozda «Liverpul»ni tark etishi ehtimoli yuqori. Mersisayd klubi hujum chizig'ida yuzaga keladigan bo'shliqni to'ldirish uchun allaqachon bozorga nazar tashlamoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

The Touchline xabariga ko'ra, «Liverpul»ning bu pozitsiya uchun asosiy maqsadi — «Real» vingeri Rodrigo. «Qizillar»ning qisqa ro'yxatida boshqa variantlar ham bor: ulardan biri «Nyukasl» futbolchisi Entoni Gordon bo'lib, ro'yxatda turli uslubdagi yana bir nechta hujumchilar ham tilga olinadi.

Transfermarkt Rodrigo (25) narxini 60 million yevroga baholamoqda. 24 yoshli Gordon ham ayni shu qiymat bilan baholanadi.

Ayni paytda «Liverpul» Angliya chempionati turnir jadvalida 6-o'rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Liverpul Salah o'rniga Rodrigoni asosiy nishonga oldi