date

Starship va Raptor 3 dvigatellari: Tarixdagi eng yirik raketadan yangi suratlar

Starship va Raptor 3 dvigatellari: Tarixdagi eng yirik raketadan yangi suratlar

SpaceX rahbari Elon Musk foydalanuvchi Arthur MacWaters tomonidan eʻlon qilingan insoniyat tarixidagi eng ulkan raketa — Starshipʻning yangi suratlarini ulashdi. Shuningdek, fotograf Max Evans ham Starbase maydonchasidan olingan va avval koʻrsatilmagan detallar aks etgan eksklyuziv kadrlarni taqdim etdi. Ushbu suratlar tizimning 12-sinov parvoziga tayyorgarlik koʻrish jarayonida, start maydonchasida olingan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Suratlarda toʻliq yigʻilgan raketa majmuasi bilan birga, yangi avlod Starship tizimida ilk bor qoʻllaniladigan Raptor 3 dvigatellari yaqin planda namoyish etilgan. Raptor 3 oʻzidan avvalgi Raptor 2 modelidan yuqori tortish kuchi (230 tonnaga qarshi ~280 tonna), yuqori samaradorlik va kamroq vazni bilan ajralib turadi. Eng muhimi, integratsiyalashgan sovutish tizimi tufayli u tashqi issiqlik himoyasiga muhtoj emas.

Yangi Raptor 3 dvigatellari ancha sodda tuzilishga ega boʻlib, ishlab chiqarish xarajatlari qariyb 4 baravarga arzonlashgan. Ular Starship V3 modelida koʻp marta foydalanish uchun maxsus ishlab chiqilgan. Starbase kosmodromida allaqachon birinchi toʻliq yangilangan Starship Version 3 yigʻish ishlari yakunlandi. Super Heavy Booster 19 tezlatgichi va Ship 39 kemasi ikkinchi start maydonchasida (Pad 2) muvaffaqiyatli tutashtirildi.

22-mayga rejalashtirilgan parvozdan oldin raketani toʻliq yonilgʻi bilan toʻldirish boʻyicha soʻnggi repetitsiya oʻtkazilishi kutilmoqda. Elon Muskʻning taʻkidlashicha, Starship V3 modelining deyarli har bir detali soʻnggi yillarda sinovdan oʻtgan V2 versiyasidan farq qiladi. Ship 39 uchun allaqachon WDR (Wet Dress Rehearsal) sinovlari yakunlangan.

Bu yangilangan Starbase start maydonchasidan amalga oshiriladigan ilk parvoz boʻladi. Raketa orbitaga 20 ta Starlink sunʻiy yoʻldoshi maketi va 2 ta modifikatsiya qilingan sunʻiy yoʻldoshni olib chiqishi rejalashtirilgan. Mazkur missiya SpaceX uchun koinotni oʻzlashtirish yoʻlidagi navbatdagi ulkan qadam boʻlishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Starship va Raptor 3 dvigatellari: Tarixdagi eng yirik raketadan yangi suratlar