Real Madrid rahbariyati faqat bir klubga qoyil qolishini maʻlum qildi

Bavariya prezidenti Herbert Hainer Madridning Real Madrid klubi rahbariyati bilan boʻlib oʻtgan qiziqarli suhbat tafsilotlarini ochiqladi. Uning soʻzlariga koʻra, Ispaniya grandi Myunxen klubining boshqaruv tizimi va moliyaviy mustaqilligiga yuqori baho bergan. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Sport Bild nashriga bergan intervyusida Hainer Chempionlar ligasi doirasidagi uchrashuvdan oldin oʻtkazilgan tushlik paytida madridliklar vakillari faqat Bavariya klubini oʻzlari uchun namuna va ilhom manbai deb bilishlarini tan olganini aytdi. Buning asosiy sababi sifatida klubning tashqi investorlarga qaram emasligi koʻrsatilgan.
Hozirgi vaqtda Angliya Premer-ligasining Manchester Siti, Manchester Yunayted, Chelsi va Liverpul kabi yetakchi jamoalari xorijiy sarmoyadorlar nazoratida qolmoqda. Real Madrid va Barselona esa aʻzolikka asoslangan klublar boʻlsa-da, katta miqdordagi qarzlar bilan transfer boʻzorida faollik koʻrsatadi. Bavariya esa mutlaqo qarzsiz va oʻz aksiyalarining asosiy qismini saqlab qolgan holda faoliyat yuritadi.
Eslatib oʻtamiz, joriy mavsumda Bavariya Chempionlar ligasi chorak finalida Real Madrid ustidan umumiy 6:4 hisobida gʻalaba qozonib, yarim finalga yoʻl olgan edi. Biroq, myunxenliklar yarim finalda Pari Sen-Jermen toʻsigʻidan oʻta olishmadi. Finalda esa Parij klubi Angliya chempioni Arsenal bilan toʻqnash keladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!