date

Jezush Ronalduga navbatdagi uchrashuvda dam beradi

Jezush Ronalduga navbatdagi uchrashuvda dam beradi

"Al-Nasr" bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nega yaqinlashib kelayotgan o'yinda maydonga tushmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida "Arkadag"ga qarshi bahs olib boradi. Portugaliyalik yulduz hujumchi tez orada maydonga qaytishi kutilayotgani aytilayotgan bo'lsa-da, bu safargi uchrashuvda ham u jamoaga yordam bera olmaydi.

Jezushning ta'kidlashicha, tig'iz taqvim sabab Ronaldu va asosiy tarkibdagi yana bir qator futbolchilarga dam berish rejalashtirilgan. Murabbiy buning ortida Saudiya chempionatidagi muhim bellashuv — "Al-Fateh"ga qarshi o'yin turganini qayd etdi.

"Al Nassr Zone" keltirgan iqtibosda Jezush Ronaldu Saudiya Arabistonidan tashqarida o'tadigan bahslarda ilk bor emas, avval ham bir necha bor ishtirok etmaganini eslatib o'tdi.

Saudiya Pro-ligasida "Al-Fateh" — "Al-Nasr" uchrashuvi shanba, 14-fevral kuni bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jezush Ronalduga navbatdagi uchrashuvda dam beradi