Arsenal vingeri Madueke odamlar meni noto‘g‘ri tushunadi dedi

Londonning «Arsenal» klubi hujumchisi Noni Madueke jamoatchilik uning fe’l-atvori haqida adashayotganini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
23 yoshli futbolchining ta’kidlashicha, ayrimlar uni kibrli, o‘ziga ortiqcha ishongan yoki yetarlicha mehnat qilmaydigan futbolchi deb o‘ylaydi. Madueke esa buning aksi ekanini, doim o‘z ustida ishlashga intilishini va ishiga juda jiddiy yondashishini qayd etdi.
Joriy mavsumda u 26 uchrashuvda 6 ta gol urib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. O‘tgan yil iyulida «Arsenal» uni «Chelsi»dan 56 million yevro evaziga transfer qilgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing