Laporta Gavi jarohatdan keyin og'ir holatda bo'lganini aytdi

"Barselona" prezidenti Joan Laporta yarim himoyachi Gavi olgan jarohat haqida fikr bildirdi. 21 yoshli futbolchi o'tgan yil avgustida safdan chiqqan, joriy mavsumda esa atigi ikki uchrashuvda maydonga tushishga ulgurdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Laportaning ta'kidlashicha, tizzasidagi muammo tufayli Gaviga operatsiya qilishga to'g'ri kelgan. Hozirda futbolchining tiklanish jarayoni ijobiy kechmoqda va u mart oyida jamoaga qaytishi rejalashtirilmoqda.
"Gavi jarohatdan keyin juda qiynaldi, hatto yig'ladi. U o'ynash uchun hamma narsaga tayyor edi, zarur bo'lsa qo'ltiqtayoqda ham maydonga tushishga rozi bo'lardi", — deya Laportaning so'zlarini keltiradi Barca Universal.
Klub rahbari jiddiy jarohatlar butun jamoa muhitiga ta'sir qilishini ham qayd etdi. Uning aytishicha, tibbiyot xodimlari, murabbiylar shtabi va Gavi oilasi birgalikda ishlab, futbolchining imkon qadar samarali tiklanishini ta'minlashga harakat qilmoqda.
"Barselona"ning navbatdagi o'yini yakshanba kuni bo'lib o'tadi, raqib — "Levante".
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!