Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasiga qaytishga yaqin

Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasida Didye Deshamning o‘rnini egallashi kutilmoqda. Insayder Fabritsio Romano xabariga ko‘ra, 53 yoshli mutaxassis Fransiya futbol federatsiyasi bilan og‘zaki kelishuvga erishgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Qayd etilishicha, Zidan bo‘lajak jahon chempionati yakunidan so‘ng “uch ranglilar”ni boshqarishni boshlaydi. Shunday qilib, sobiq “Real” bosh murabbiyi besh yillik tanaffusdan keyin murabbiylik faoliyatiga qaytadi.
Didye Desham Fransiya terma jamoasini 2012 yil yozidan beri boshqarib kelmoqda. 2026 yilgi mundial guruh bosqichida fransuzlarning raqiblari Senegal va Norvegiya bo‘ladi, uchinchi jamoa esa pley-off natijalariga ko‘ra aniqlanadi. Turnir 11 iyundan 19 iyulgacha o‘tkaziladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing