date

Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasini boshqarishga yaqin turibdi

Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasini boshqarishga yaqin turibdi

Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasida Dide Deshamning o'rnini egallash arafasida. Insayder Fabritsio Romanoning xabariga ko'ra, 53 yoshli mutaxassis Fransiya futbol federatsiyasi bilan og'zaki kelishuvga erishgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Madridning «Real» klubini boshqargan Zidan jahon chempionati yakunidan so'ng «uchranglilar» bosh murabbiyligiga kirishishi kutilmoqda. Shu tariqa, u besh yillik tanaffusdan keyin yana murabbiylik faoliyatiga qaytadi.

Dide Desham esa Fransiya terma jamoasini 2012 yil yozidan beri boshqarib kelmoqda. 2026 yilgi mundialda fransuzlarning guruhdagi raqiblari Senegal va Norvegiya bo'ladi, uchinchi jamoa esa saralash pley-off o'yinlari natijasida aniqlanadi. Turnir 11 iyundan 19 iyulgacha o'tkaziladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasini boshqarishga yaqin turibdi