date

Argentina futboli rahbari korrupsiya ishi bo‘yicha so‘roqqa chaqirildi

Argentina futboli rahbari korrupsiya ishi bo‘yicha so‘roqqa chaqirildi

Argentina futbol assotsiatsiyasi (AFA) prezidenti Klaudio Tapia ijtimoiy badallar to‘lanmagani yuzasidan ochilgan ish doirasida prokuraturaga so‘roq uchun chaqirildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ushbu ishda tashkilot g‘aznachisi Pablo Tovigino ham figurant sifatida tilga olinmoqda. Huquq-tartibot organlari Tapia va Toviginoga mamlakatni tark etishni taqiqlagan.

So‘roq 5 mart kuni bo‘lib o‘tadi. Tergov AFA tomonidan davlat byudjetiga ijtimoiy badallar sifatida 13 million dollar yetishmagani aniqlangach boshlangan.

Shuningdek, Tapia mulkida qayd etilgan, vertolyot qo‘nish maydonchasi bor 10 gektarlik qo‘rg‘on ham tekshiruvchilar e’tiboriga tushgan.

Prokuraturani alohida tarzda futbolchilarga beriladigan bonus to‘lovlari miqdori ham qiziqtirmoqda: u Tapianing dunyo bo‘ylab parvoz xarajatlaridan kam ekani qayd etilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Argentina futboli rahbari korrupsiya ishi bo‘yicha so‘roqqa chaqirildi