Arteta Tottenhem ustidan g'alabadan so'ng chempionlik poygasini baholadi

Londonning «Arsenal» jamoasi bosh murabbiyi Mikel Arteta APLdagi chempionlik poygasi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Yakshanba kuni «kanonirlar» «Tottenhem»ni yirik hisobda mag'lub etib, turnir jadvalida ikkinchi o'rinda borayotgan «Manchester Siti»dan ustunligini yana besh ochkogacha oshirdi. Biroq «shaharliklar» bir o'yin kam o'tkazgan.
«Biz har uchrashuvga alohida e'tibor qaratamiz. Oldinda uzoq yo'l bor: kubok bahslari, Chempionlar ligasi ham kutyapti. Bu haqiqiy marafon, ammo bundan zavqlanish kerak. Bugun bu bobni yozishni istadik va buni uddaladik», — deya Artetaning so'zlarini ingliz OAVga tayanib «Gazeta.Ru» keltirdi.
1-mart kuni «Arsenal» o'z maydonida «Chelsi»ni qabul qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing