Kremoneze murabbiyi Nikola maglubiyatdan keyin fikr bildirdi

Italiya A Seriyasining navbatdagi turida "Roma" o'z maydonida "Kremoneze"ni yirik hisobda mag'lub etdi. Davide Nikola boshqaruvidagi jamoa darvozasiga javobsiz uchta gol o'tkazib yubordi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvdan so'ng mehmonlar ustozi omadsiz o'yin bo'yicha izoh berdi. Nikola futbolchilari faqat birinchi 60 daqiqada rejani to'liq bajarganini, keyin esa o'yin butunlay boshqa tomonga og'ib ketganini ta'kidladi.
"Yutqazganingda savollar doim bo'ladi, mag'lub bo'lishni hech kim yoqtirmaydi. Dastlabki 60 daqiqada biz juda tartibli o'ynadik, jangovar ruh ham bor edi. Keyin hammasi o'zgardi. Shunga qaramay, menimcha, biz "Kremoneze" hurmatga loyiq ekanini ko'rsatdik. Ochko yig'ish esa har doim oson bo'lmagan", — deya Nikola so'zlarini forzaroma.info keltirdi.
Ushbu mag'lubiyatdan keyin "Kremoneze" A Seriya turnir jadvalida 16-o'ringa tushib ketdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!