Eldor Shomurodov Turkiya chempionatining eng sermahsul futbolchisi bo‘ldi

O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi va Istanbul Bashakshehir klubi a’zosi Eldor Shomurodov Turkiya chempionatida eng ko‘p natija qayd etayotgan futbolchi sifatida yetakchilikni qo‘lga oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
23 fevral holatiga ko‘ra, u «gol+pas» tizimida 20 ochko jamg‘argan: 16 ta gol va 4 ta golli uzatma. Shomurodov ayni paytda musobaqa to‘purarlari ro‘yxatida ham birinchi o‘rinda bormoqda.
Galatasaray yulduzlari Mauro Ikardi va Viktor Osimhen bilan solishtirilganda, o‘zbekistonlik hujumchi sezilarli ustunlikka ega. Ikardining barcha o‘yinlarda 13 ta goli bor, Osimhen esa milliy chempionat doirasida 9 martagina raqib darvozasini ishg‘ol etgan.
Eslatib o‘tamiz, Shomurodov to‘p surayotgan O‘zbekiston terma jamoasi Shimoliy Amerikada o‘tadigan 2026 yilgi jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!