date

Koke muxlislar 200 foiz beriladigan kechani xohlaydi

Koke muxlislar 200 foiz beriladigan kechani xohlaydi

Madridning "Atletiko" klubi yarim himoyachisi Koke Yevropa Chempionlar ligasida Belgiyaning "Bryugge" jamoasiga qarshi uchrashuv oldidan bo'lib o'tgan matbuot anjumanida ishtirok etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Pley-off bosqichidagi javob bahsi 24-fevral kuni o'tkaziladi. Uchrashuv fransuz hakami Kleman Tyurpenning start hushtagi bilan 22:45 da (Toshkent vaqti bilan) yangraydi.

Eslatib o'tamiz, jamoalarning ilk o'yini 3:3 hisobida yakunlangandi.

"Biz har bir to'p uchun jang qilishimiz, oxirigacha kurashishimiz va, albatta, gollar urishimiz kerak. Shunday kechalar zarurki, muxlislarimiz 200 foiz kuch bilan qo'llab-quvvatlasin, futbolchilar esa maydonda bunga xuddi shunday javob qaytarsin", — deya Kokening so'zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.

Avvalroq ushbu to'qnashuv haqida "Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone va "Bryugge" ustozi Ivan Leko ham o'z fikrlarini bildirgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Koke muxlislar 200 foiz beriladigan kechani xohlaydi