date

Patrik Dorguning tiklanish muddati yana cho'zilishi mumkin

Patrik Dorguning tiklanish muddati yana cho'zilishi mumkin

“Manchester Yunayted” himoyachisi Patrik Dorgu jarohat sababli jamoa safida yo‘q. Indykaila News xabariga ko‘ra, klub 21 yoshli futbolchiga tiklanish jarayonida shoshilmaslik kerakligini bildirgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

“Qizil iblislar” lagerida Dorguning erta maydonga qaytishi keyinchalik yanada jiddiy va uzoq davom etadigan muammolarga olib kelishini istashmayapti.

Manbaga ko‘ra, endilikda “Manchester Yunayted” Dorguni aprel oyi boshlarida safga qaytarishni rejalashtirmoqda.

2025/2026 yilgi mavsumda Patrik Dorgu 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol va 3 ta assist qayd etgan.

Hozirda “Manchester Yunayted” Premyer-liga jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Patrik Dorguning tiklanish muddati yana cho'zilishi mumkin