date

Al-Nasr ustozi Ronalduning nega o'ynamasligini tushuntirdi

Al-Nasr ustozi Ronalduning nega o'ynamasligini tushuntirdi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu yaqinlashib kelayotgan uchrashuvni o'tkazib yuborishini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi maydonga tushadi. Portugaliyalik yulduz hujumchi yaqin orada yana safga qaytishi kutilayotgan bo'lsa-da, aynan shu bahsda u tarkibda bo'lmaydi.

Jezushning aytishicha, jamoa tig'iz taqvim sabab Ronaldu va asosiy tarkibdagi ayrim futbolchilarga dam berishga qaror qilgan. Murabbiy buning asosiy sababi sifatida oldinda «Al-Fateh»ga qarshi muhim o'yin borligini ta'kidladi.

Al Nassr Zone keltirgan iqtibosda Jezush: «Ronalduning dam olishi yangilik emas. Bu uning Saudiya Arabistonidan tashqarida o'tadigan uchrashuvlarda maydonga tushmay qoladigan ilk holat emas», — dedi.

Saudiya chempionati doirasidagi «Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvi shanba, 14 fevral kuni bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al-Nasr ustozi Ronalduning nega o'ynamasligini tushuntirdi