3 463
«Bunyodkor»dan o‘rganish kerak! Puli yo‘q, hech narsasi yo‘q, ammo futbolga bo‘lgan muhabbati tufayli g‘alabalarga erishmoqda»
Pepsi Superliga 12-turi doirasida kechgan «AGMK» – «Bunyodkor» uchrashuvidan so‘ng olmaliqliklar klubi boshlig‘i Ruslan Shaymardonov o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Yigitlar birinchi bo‘limda juda sust o‘ynashdi, ikkinchi bo‘limda o‘zlariga kelib olishdi, biroq natijani qo‘lga kirita olmadik. Almashtirishlar o‘zini oqladi, bir qator vaziyatlar bo‘ldi, Chemirtan va Bunanya yaqqol imkoniyatlardan foydalana olmadi, biroz omad yetishmadi.
Birinchi bo‘limda shunday o‘yin boshlaganimizda bugun yutqazmas edik. Endi ortga yo‘l yo‘q, vazifamiz kuchli oltilikka kirish, Namanganda omadimiz kulishidan umidvormiz.
«Bunyodkor»ni g‘alaba bilan tabriklayman. «Bunyodkor»dan o‘rganish kerak, puli yo‘q, hech vaqosi yo‘q! Yigitlar futbolga bo‘lgan muhabbatlari uchun o‘ynashmoqda va g‘alabalarga erishmoqdalar.
Bilmadim, bizning jamoada barcha narsa yetarli: sharoit, mehmonxona, avtobus... mashg‘ulotlar jarayoni bir maromda ketmoqda. Balki bizga ozgina omad yetishmayotgandir, o‘tgan yili ham xuddi shunday bo‘lgandi, biroq keyinchalik o‘nta turda mag‘lubiyatsiz seriya qayd etgandik. Agar bugun g‘alaba qozona olganimizda, yigitlarning o‘zlariga bo‘lgan ishonchi oshardi va bizni hech qaysi jamoa to‘xtatib qola olmasdi. Albatta uyda yutqazish alamli, buning ustiga «Kimyogarlar kuni» bayrami arafasida turgandik.
Bizda barcha narsa yetarli, faqat yakuniy zarba yetishmayapti, agar yakuniy vaziyatlarni ijobiy hal qila olganimizda, ko‘plab o‘yinlarni boy bermas edik. «Qo‘qon-1912» bilan o‘yinni oladigan bo‘lsak, u yerda 3-4ta gol urishimiz mumkin edi, ammo to‘p darvozaga bormayapti, Jizzaxda ham ikki bor birga-bir chiqib gol urolmadik», - deydi Shaymardonov.
Manba: www.uff.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi