03:22 / 17.11.2018
3 648

«Andijon» – «Istiqlol» uchrashuviga oid hakamlik borasidagi rasmiy bayonot

«Andijon» – «Istiqlol» uchrashuviga oid hakamlik borasidagi rasmiy bayonot
Xabaringiz bor, shu yilning 13 noyabr kuni O‘zbekiston Pro-liga musobaqasining 35-turida "Andijon" hamda "Istiqlol" klublari o‘zaro kurash olib bordi.

Unda 2:1 hisobi qayd etilib, andijonliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘yinni hakam Sherzod Qosimov boshqarib bordi.

Lekin, mazkur bellashuvdani keyin ayrim ommaviy axborot vositalari va muxlislar orasida uchrashuvdagi hakamlik borasida turli gap-so‘zlar ko‘payib ketdi.

UFF.uz sayti ushbu vaziyat yuzasida O‘FA qoshidagi Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi boshlig‘i Ma’mur Saidqosimov bilan bog‘landi va vaziyatga oydinlik kiritdi.

"Bu yerda asosiy ko‘tarilgan narsa bu - belgilangan 11 metrlik jarima zarbasi, darvozabonni chetlatilishi hamda penaltini qayta amalga oshirilgani bo‘ldi. Qolgan vaziyatlar bo‘yicha hakamga e’tirozlar bo‘lmagan.

Bu o‘yinni maxsus guruh ko‘rib, tahlil qilib chiqdi.

O‘zi futbol qoidalarida normativ kitobida penalti tepish jarayoni (protsedurasi) aniq ko‘rsatib o‘tilgan. Ya’ni, agar 11 metrlik jarima zarbasi ijro etilayotgan paytda darvozabon yoki uning jamoadoshlari qoida buzishsa va zarba gol bilan yakunlansa gol inobatga olinadi. Agar zarba gol bo‘lmasa - qayta tepish belgilanadi. Bu vaziyatda agar darvozabon qoida buzsa, u ogohlantiriladi.

"Andijon" - "Istiqlol" uchrashuvida yuz bergan jarima holati oldidan hakam Sherzod Qosimov qoida buzilgan joydan 3 metr oraliq masofada bo‘lgan va vaziyatni aniq ko‘rgan - 11 metrlik nuqta ko‘rsatgan.

Natijada "Istiqlol"ning bir guruh futbolchilari hakamga norozilik e’tirozini bildirishdi. Tabiiyki bunaqa paytda hakam e’tiroz bildirgan futbolchiga sariq kartochka ko‘rsatadi. Bundan esa, 10-12 metr uzoqda turgan darvozabon yugurib kelib hakamga e’tiroz ko‘rsatishni boshlagan, qo‘llarini ko‘targan va siltagan holatda. Bu vaziyatda ham darvozabonga sariq kartochka ko‘rsatilgan.

Shu bilan darvozabonga birinchi sariq kartochkani olgan. Bu 11 metrli jarima zarbasi yo‘llashdan avval sodir bo‘lgan holat edi.

Keyin jarima zarbasi paytida to‘p tepilguncha darvozabon faqatgina bir qadam qo‘yish huquqiga ega. "Istiqlol" darvozaboni bo‘lsa avval o‘ng tarafga, keyin chap tarafga ikkita qadam qo‘ygan - to‘pni ushlab olgan.

Bunaqa holatda zarba qayta tepilishi kerak va darvozabon mos ravishda sariq kartochka bilan ogohlantirilgan. Ikkita sariq qizilni keltirib chiqaradi. Bu ham yetmaganday darvozabon to‘pni ko‘r-ko‘rona "Andijon" muxlislari tarafga tepib yuborgan. Bu ham sportga oid bo‘lmagan xatti-harakatlar deya baholanadi va u ham sariq kartochkaga loyiq vaziyat hisoblanadi. Natijada sariq kartochkalar uchtaga yetgan.

Bundan tashqari, buni videoda ko‘rdik, 11 metrlik zarba yo‘llanganga qadar "Istiqlol" futbolchisi jarima maydonchasiga kirib ketgan. Bu holat ham qayta tepishni taqazo qiladi.

Mana shunaqa vaziyat edi. Bu yerda hakam qo‘pol xato qilmagan", - deb javob berdi Ma’mur Saidqosimov.

O‘z navbatida biz ham qo‘shimcha qilmoqchimiz. Har qanday tortishuvli vaziyatlarda uni oxirigacha tahlil qilmay turib, tezkor xulosa chiqarib qo‘yish - professional jurnalistikaga mos kelmasligini eslatib o‘tmoqchimiz.

Manba: uff.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Andijon» – «Istiqlol» uchrashuviga oid hakamlik borasidagi rasmiy bayonot