21:30 / 18.02.2019
3 558

Milliy jamoa tarkibi qachon yosharadi?

Milliy jamoa tarkibi qachon yosharadi?
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse prezidenti Umid Ahmadjonov yaqinda bergan intervyusida milliy jamoa tarkibini yoshartirish yo‘lidan borish kerakligi haqida gapirgan edi. Bu gap kimgadir yoqdi, kimgadir esa yo‘q. Jamoaga kimni chaqirish vakolati va bunda o‘yinchining pasportiga qarash yoki qaramaslik faqat bosh murabbiyning ixtiyorida bo‘lish yo bo‘lmasligi haqida hozir gap sotmoqchi emasman. Bu borada qarashlarni o‘zimda saqlab turaman va shunchaki bir narsani e’tiboringizga havola etmoqchiman.

Milliy jamoani mart oyida navbatdagi yig‘in va xalqaro musobaqa kutib turibdi – Xitoyda China Cup bo‘lib o‘tadi. Ammo bu musobaqa davomida yoshartirish haqida o‘ylashga ham hojat qolmaydi. Chunki yoshlarni undan-da muhimroq turnir kutib turibdi – Osiyo chempionati saralashi. Ushbu saralash Toshkentda, 22-26 mart sanalarida bo‘lib o‘tadi va Hindiston, Pokiston va Tojikiston mehmonimiz bo‘ladi. Xitoydagi musobaqa ham xuddi shu vaqtga belgilangan.

Demak, China Cup'da tarkib yosharmaydi. Chunki yoshartirishi lozim bo‘lgan olimpiyachilar o‘zi muhimroq ish bilan band bo‘ladi. Shunday ekan, Rustam Ashurmatov, Akrom Komilov, Vladimir Kozak va Vitaliy Denisovlar uchun bu juda yaxshi imkoniyat. Ha-ya, Osiyo Kubogida zaxirada qolib ketgan Odil Hamrobekov uchun ham.

O‘zi shu futbolchilar safga qo‘shilsa, yoshartirishga hojat qolarmikan? A, labbay...
Zafar QOSIMOV

Manba: uff.uz

milliy jamoa xalqaro musobaqa yoshartirish

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » Milliy jamoa tarkibi qachon yosharadi?
[/banner_pushhouse