12:30 / 06.11.2019
2 904

Futbol orqali boy bo‘lishni emas, uni ijobiy tomonga o‘zgartirishni istagan inson taqdiri

Futbol orqali boy bo‘lishni emas, uni ijobiy tomonga o‘zgartirishni istagan inson taqdiri
"Xekni Uik" jamoasi paydo bo‘lishi haqidagi hikoya butun dunyodagi eng noyob voqealardan biri bo‘lsa ajab emas.

Bobbi Kasanga Londonning quyi ligalarida o‘ynagan va 21 yoshida professional futbolda debyut qildi. Biroq oradan bir hafta o‘tib, qurollangan holda o‘g‘irlikka tushgani uchun qo‘lga olingan. Bezorilar guruhi va 8 yillik qamoq jazosidan so‘ng, Bobbi hayotini yangidan boshlashga qaror qildi. Zarur ishchilarni atrofiga to‘plab, nafaqat o‘z klubini tashkil qildi, balki birlashish hamda nomini o‘zgartirishga tayyor turgan klub uchun ham mablag‘ topa oldi. Bobbi uchun asosiysi bolalar klubi bo‘lsa-da, faqatgina futbol bilan chegaralanib qolmadi. Klub Londonning Xakni shaharchasiga katta ta’sir qila boshladi. Ya’ni yoshlar, ayniqsa, migrantlarni turli zararli narsalar bilan emas, balki sport bilan shug‘ullanishga chorladi. Avvaliga ko‘pchilik Bobbining rejalariga ishonmadi.

Ammo jamoatchilik ko‘magi tufayli klub ishlari jadallik bilan rivojlana boshladi. Mashhur Xakni Marshesdan tortib janubiy divizion ligalari, ya’ni Angliyaning o‘ninchi divizionigacha – "Xekni Uik" oddiy havaskorlik maqomidan tezda voz kechdi va uning futbolchilari o‘yin uchun pul ola boshlashdi, ya’ni yarim professional jamoaga aylandi. Kichkinagina maskan - Xakni shaharchasida hech qachon yarim professional klub bo‘lmagan. Qolaversa, Xaknida bolalar va o‘smirlar o‘rtasida futbol unchalik ham ommalashmagan edi. "Xekni Uik" klubi Klektondan "Kols Park" stadioniga ko‘chib o‘tdi, "Tottenxem Xotspur"dan bir kilometr uzoqlikda joylashgan.

Hozirda "Xekni Uik"da 20ta bolalar va o‘smirlar jamoalari faoliyat ko‘rsatadi. Shuningdek, ikkita kattalar jamoalari ham bor. Umumiy qilib olganda 300 odam. "Xakni Uik" qing‘ir ko‘chalarda yurgan, yo‘ldan adashganlarni ham futbolga jalb qilishga urinadi. Masalan, Jeyden Makdonald klub endigina ishga tushganida shartnoma imzolagandi, 2016 yil esa ish topdi. 2018 yilda Angliya Kubogida gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 2019 yil esa ayollar jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Bu maktablar va politsiya bilan uzoq muddatli hamkorlik jarayonidir. Klub muntazam ravishda seminar va mashg‘ulotlar o‘tkazadi. Bolalar uchun hammasi bepul. Klubning 9ta hamkori va o‘nlab volonterlari bor (aynan shunday ko‘ngilli insonlar klub rivojlanishida katta hissa qo‘shgan).

"Xekni Uik"ning shiori – "hayotni qutqarish".
Kutilmaganda Bobbiga Nike kompaniyasidan qo‘ng‘iroq qilishdi va "bitta shart" bilan shartnoma taklif qilishadi: "uikers" formasi noyob bo‘lishi shart! Shundan so‘ng ommaviy axborot vositalari qahramonimiz haqida maqola yozdi, ko‘pchilik uni tasvirga ola boshladi.

Footy.com internet-magazini 2019 yilning eng yaxshi futbolkalari ro‘yxatini tuzib chiqdi. Umuman hech kimga tanish bo‘lmagan Angliyaning ikki klubi ham o‘sha ro‘yxatdan joy egalladi. "Xekni Uik" bu borada "Barselona", "Real", "Arsenal", "Manchester Siti" va boshqa ko‘plab butun dunyoga ma’lum va mashhur bo‘lgan klublarga yetib oldi. "Xekni Uik"ni Italiyaning "Roma" jamoasi qo‘llab-quvvatladi. Angliya futbolidagi eng nufuzli insonlar orasidan Bobbi ham joy egalladi.

Bobbi bosh vazir tomonidan hurmatga sazovor deb topildi. Ayniqsa, London meri "Xekni Uik"ga tashrif buyurgani katta shov-shuv bo‘lgandi. O‘shanda Sadik Xan bolalar futbol ham o‘ynagandi.


Bobbi qamoqda o‘tirganida orzu qilardi – Londonda o‘smirlar orasida o‘zining "jahon chempionati"ni o‘tkazish. Unda ham 32 jamoa bo‘ladi, ammo Londonning 32 rayonidan... Shu yozda "Borough Cup" bo‘lib o‘tdi va "Uotford" va "Liverpul"dan skautlar yig‘ildi. Qamoq nimaligini Bobbi juda yaxshi biladi va u yerda iqtidorlilar qanday so‘nib borayotganiga ham guvoh bo‘lgan. U buni ijobiy tomonga o‘zgartirish mumkinligiga ham ishonchi komil.

"Men doim qamoqni yodga olib turaman. U yerga tez-tez borib, mahbuslar o‘rtasida tadbir va master-klasslar o‘tkazaman. U yerdan qaytganimda esa to‘rt yil avval men bilan ham xuddi shunday holat bo‘lganini yodga olaman. Ular ozodlikka chiqqanlaridan keyin o‘zgartirmasliklari uchun hech qanday sabab yo‘q. Ularga ilojsiz narsaning o‘zi yo‘qligini ko‘p bor takrorlaganman. Men qamoqdagi mahbuslar yaxshi futbol o‘ynay olishlarini ko‘rganman. Bilasizmi, ularning aksariyat qismi yarim professional jamoa borligini ham bilmaydi. Men ana shunday insonlarga imkoniyat berishni istayman".

Bundan tashqari, Bobbi qamoqda ikkita kitob yozgan va keyinroq chop ettirgan. Shuningdek, u kriminologiya va ijtimoiy siyosat mutaxassisligi bo‘yicha tahsil oladi. Bobbi Kasanga va uning klubi – qaytadan yangi hayot boshlay olmayotganlar uchun haqiqiy qo‘llanmadir.

"Xekni Uik" 16-o‘rinda va hozirda hisobida bor yo‘g‘i 1 ochko bor. Biroq ular uchun o‘yindagi natija eng muhimi emas!

Futbol (hattoki bizning zamonda ham) – faqatgina biznes emas. Bobbi Kasanga esa katta pul ishlab topishga mukkasidan ketgan emas. U shunchaki boshqa insonlar uning xatosini takrorlamasligi va futboldan zavqlanib yashashlarini istaydi xolos...

Nozima Zaripova tarjimasi

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Futbol orqali boy bo‘lishni emas, uni ijobiy tomonga o‘zgartirishni istagan inson taqdiri