
Amerikalik tadqiqotchilar Xitoyning so‘nggi yillarda rivojlanayotgan mamlakatlardan ko‘ra, yuqori daromadli davlatlarga ko‘proq kredit berishi aniqlanganini ma’lum qildi. NBC yozishicha, hatto AQSHning o‘zi Xitoydan eng yirik qarz olgan davlatga aylangan.
AidData laboratoriyasi hisobotida ta’kidlanishicha, 2000–2023-yillar oralig‘ida Xitoy jahonning 200 ta mamlakatiga jami 2,2 trillion dollar kredit va grant ajratgan.
Past daromadli mamlakatlarga kredit ulushi 88 foizdan 12 foizgacha tushgan bo‘lsa, o‘rta va yuqori daromadli mamlakatlar ulushi 24 foizdan 76 foizgacha oshgan.
Bu jarayonda Buyuk Britaniya 60 milliard dollar, Yevropa Ittifoqi esa 161 milliard dollar kredit qabul qilgani qayd etilgan.
Tadqiqotchilarga ko‘ra, bu Xitoyning global moliyaviy ta’sirini yangi bosqichga olib chiqmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.