
Aktyor Shahzod Sultonov 15 noyabr — onalarining shukrona kunini onasi uchun esdan chiqmas bayramga aylantirdi. U onasini nafis va rang-barang gullar bilan kutib oldi, keyin esa kutilmagan hadyalar qildi. Shahzod onasiga yangi mashina va zamonaviy telefon sovg‘a qilib, uning yuzlariga beqiyos tabassum ulashdi.
Bunday mehrni his etgan onasi esa har bir onaga xos samimiyat bilan o‘g‘lini chin dildan duo qildi. Uning ko‘zlaridagi shukrona yoshi Shahzodning kechgi sovg‘alaridan ham qimmatroq manzara bo‘ldi.

Bu kunda aktyor yana bir bor ona mehri va oila qadrini eng oliy ne’mat ekanini isbotladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.