Davydovich: Oila puldan muhimroq

Davydovich: Oila puldan muhimroq

Davydovich: Oila puldan muhimroq
Polshalik himoyachi, Italiya A Seriyasida tajribaga ega Pavel Davydovich, bir vaqtlar "uzun yevro" ilinjida Saudiya Arabistoniga koʻchib oʻtgan edi. Biroq, atigi uch hafta oʻtgach, u oʻzini begona his qilgan "Al-Hazm" klubini tark etib, vataniga qaytdi.

Tuttomercatoweb nashriga bergan intervyusida u bu qarorining sabablarini ochiqladi. "Oila men uchun puldan ko'ra muhimroq.

Rafiqam homilador edi, bundan tashqari, bizning yosh farzandimiz ham bor edi. Bunday sharoitda Saudiya Arabistonida qolish juda qiyin boʻldi.

U yerda hayot menga yoqmadi, deyarli hech kim ingliz tilida gaplashmasdi. Ayollarning erkaksiz koʻchaga chiqishi man etilgani ham menga gʻalati tuyuldi", - dedi Davydovich.

U bunga qadar Italiyada sakkiz yil faoliyat olib borgan edi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar