20:00 / 09.08.2020
3 499

Oston O‘runovga Germaniyadan aniq taklif bor

Oston O‘runovga Germaniyadan aniq taklif bor
Bir necha kun avval "Ufa"dan "Spartak" klubiga Oston o‘runov ko‘chib o‘tdi. Ammo uning atrofida hali ham transfer yangiliklari tinmayapti.
Rossiya terma jamoasining sobiq matbuot kotibi Ilya Kazakov hamyurtimizga Germaniyadan aniq taklif borligini ma’lum qildi.

Uning aytishicha, "Gerta" klubi O‘runov uchun 5 million yevro berishga tayyor. Ammo "Spartak" bu narxga yarim himoyachini sotmasligi aniq.
Jamoa O‘runovni undan ko‘proq summaga qo‘yib yuborishi mumkin.
"Spartak" bosh direktori Shamil Gazizov Oston O‘runov uchun 5-6 million yevrolik taklif borligini aytgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Oston O‘runovga Germaniyadan aniq taklif bor