date

Abduqodir Husanov atrofida munozara: Gvardiolaning qarori qozog‘istonliklar e’tiroziga sabab bo‘ldi

Abduqodir Husanov atrofida munozara: Gvardiolaning qarori qozog‘istonliklar e’tiroziga sabab bo‘ldi
Yevropa va Osiyo futbol jamoatchiligida “Manchester Siti”dagi o‘zbek himoyachisi Abduqodir Husanovning taqdiri atrofida jiddiy bahs-munozaralar avj oldi, deb xabar berdi sports.kz. Yaqinda qozog‘istonlik sharhlovchi Oljas Baybosin “Fonteam” YouTube kanalida Xosep Gvardiolaning Abduqodir Husanovni klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida kam maydonga tushirganini qattiq tanqid qildi.

Ekspertning fikricha, 21 yoshli legionerimiz ushbu musobaqada atigi bir uchrashuvda, u ham “Al-Ayn”ga qarshi guruh bosqichida, boshlang‘ich tarkibda maydonga tushdi va 61 daqiqa harakat qildi. O‘yin manchesterliklarning 6:0 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlandi. Qolgan to‘rt uchrashuvda esa Gvardiola o‘zbek himoyachisini zaxirada qoldirdi. Bu holat mutaxassis tomonidan “markaziy himoyachini zaxiraga olish — absurd” sifatida baholandi.

- Husanov klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida atigi bitta uchrashuv o‘tkazdi, shunda ham uni zaxiraga olishdi. O‘ylab qarasak, markaziy himoyachini zaxiraga olish – absurd. Pep Gvardiola O‘zbekistonda eng yoqimsiz odamga aylanib qolyapti.

- Bu o‘rinda Nunesh, Gvardiol, Ayt-Nuri borligini aytish kerak. Husanovga joy yo‘qdir, balki...
- Ayt-Nuri qanot himoyachisi. Nunesh jamoa darajasiga mos emas, degan bo‘lardim. “Manchester Siti” markaziy himoyachilarni tanlashda ilgari hech qachon nomlar va avvalgi xizmatlarga qaramagan.

- Husanov raqobatda yutqazayotganini tan olish kerakdir.
- Husanovning XG ballari yuqorida nomi keltirilgan futbolchilarnikidan yuqori bo‘lib turgan paytda qanday qilib, raqobatda yutqazyapti deyish mumkin...

Shuningdek, ayrim manbalar ispaniyalik murabbiyning ushbu qarorini “Manchester Siti”ning iqtisodiy manfaati bilan bog‘ladi — agar Husanov o‘nta uchrashuvda maydonga tushganida, klub “Lans”ga qo‘shimcha bonus to‘lashiga to‘g‘ri kelardi. Bu esa, futbolchining so‘nggi yarim mavsumda muntazam ravishda asosiy tarkibda o‘ynamayotganiga yana bir dalil sifatida ko‘rsatilmoqda.

Xulosa sifatida, Abduqodir Husanov atrofidagi tanqid va bahslar “Manchester Siti”ning yangi mavsum oldidan qanchalik murakkab qarorlar qabul qilishini yana bir bor namoyon etmoqda. Muxlislar esa, avgust oyida start oladigan yangi Premer-liga mavsumida Gvardiola o‘zbekistonlik himoyachiga ko‘proq imkoniyat beradi, degan umidda.

Yangi mavsum start olmoqda — Husanov esa “Vulverxempton”ga qarshi bo‘ladigan ilk turga tayyorgarlikni boshladi. Shu bilan, “Manchester Siti” safida yana bir intrigali mavsum boshlanishi arafasida turibdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Abduqodir Husanov atrofida munozara: Gvardiolaning qarori qozog‘istonliklar e’tiroziga sabab bo‘ldi