date

Superliga. "Qizilqum" safarda "Sho‘rtan"ni mag‘lub etdi

Superliga. "Qizilqum" safarda "Sho‘rtan"ni mag‘lub etdi
Superliganing 15-turiga start bergan "Sho‘rtan" - "Qizilqum" bellashuvi yakuniga yetdi. Mazkur to‘qnashuvda mehmonlar 1:2 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Birinchi bo‘lim yakunida jamoalar darvozaga bittadan to‘p kiritdi va tanaffusga 1:1 hisobi bilan yo‘l oldi. Bahs taqdirini hal qilgan gol 70-daqiqada Ilhom Vahobov tomonidan kiritildi.

"Sho‘rtan" – "Qizilqum" 1:2
Gollar
: Roman Papariga (Farhod Bekmurodov) 42, 0:1, G‘anisher Qodirov (Azizbek Pirmuhammadov) 45+2, 1:1, Ilhom Vahobov 70, 1:2

"Sho‘rtan": 1.Shoxruhjon Eshbo‘tayev, 3.Shohjahon Sultonmurodov, 10.Temur Mamasidiqov ( 8.Shahboz Nuriddinov,65), 15.Jo‘rabek Mannonov (14.Abrorbek Toshqo‘ziyev,46), 19.Nuriddin Hasanov ( 99.Komron Saydazimov,73) 22.Sardor Sa’dullayev (11.Daler Sharipov, 81), 24.Doniyorjon Narzullayev, 33.Bekjon Rahmatov, 45.G‘anisher Qodirov, 55.Azizbek Pirmuhammadov, 77.Asadbek Saitxonov (7.Bekzod Suvonov,65).
Zaxira: 35.Sherzodbek Abduraimov, 5.Mirkomil Abdurazzoqov, 17.Javohir Hasanov, 70.Mirjalol Jumayev.

"Qizilqum": 1.Sanjar Quvvatov, 4.Ilhom Vahobov, 5.Dilshodjon Komilov, 7.Davron Anvarov (20.Bobomurod Bozorov, 83), 10.Roman Papariga ( 70.Alen Mashovich,83) 11.Jambuli Jigauri, 15.Nikola Kumburovich, 18.Farhod Bekmuratov (8.Shahzod Rahmatullayev,66), 23.Samandar Shukurullayev (19.Ilhomjon Kenjayev, 58), 77.Fayzullobek Jumanqo‘ziyev, 88.Dushan Miyich.
Zaxira: 30.Farhod Rahmatov, 2.Kamron Norqulov, 6.Murodali Usmonov, 17.Akmaljon Muzaffarov, 33.Sulton Rahmatov.

Ogohlantirish: Dilshod Komilov ("Qizilqum") 67
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. "Qizilqum" safarda "Sho‘rtan"ni mag‘lub etdi