
Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining pley-off bosqichida “Manchester Siti” kutilmaganda Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasidan 3:4 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Bu holat mutaxassislar tomonidan tahlil qilinmoqda, deb manchestercity.news xabar berdi.
Xususan, “Siti” faoliyatini yoritib kelayotgan manba – manchestercity.news sayti ekspertlari bu mag‘lubiyatni asosan himoya chizig‘idagi xatolar bilan bog‘lashdi. Ularga ko‘ra, Gvardiola Abduqodir Husanovdek futbolchini asosiy tarkibga qo‘shishi zarur.
“Siti” jahon chempionatida “Yuventus”ni 5:2 hisobida yengib, muxlislar “Al-Hilol”ni ham osonlikcha yutadi, deb o‘ylagandi. Ammo barchasi kutilmagancha o‘zgardi.
Erling Xoland raqib darvozaboni Yassin Bununing o‘yinini alohida ta’rifladi. Marokashlik posbon juda yaxshi harakat qildi. Shu bilan birga, har qanday boshqa kuni shu o‘yin bo‘lganda, “Siti” ishonchli g‘alaba qozongan bo‘lardi.
Gvardiolaning jamoasidagi asosiy muammo – himoya. “Al-Hilol” bosh murabbiyi Simone Indzagi “Siti”ning qarshi hujumlarda muvaffaqiyatsiz o‘ynashiga yana bir bor e’tibor qaratdi.
Ruben Diash uchun bu o‘yin qiyin kechdi. Kalidu Kulibali urgan muhim gol vaziyatida u raqibga qarshilik ko‘rsata olmadi. Shu jihatdan, Husanovning imkoniyatga munosib ekani ta’kidlanmoqda.
Husanov yorqin o‘yinlari bilan tanilgan bo‘lsa-da, martdan beri faqat “Al-Ayn”ga qarshi 6:0 hisobidagi o‘yinda asosiy tarkibda ko‘ringan. Ekspertlar uni Gvardiolaga yetishmayotgan, tezkor markaziy himoyachi sifatida ko‘rishmoqda.
Uning "Tottenxem"ga qarshi o‘yini buning yaqqol misoli. Aynan mana shu pozitsiyada Gvardiola Ruben Diash, Jon Stounz va Akanjidan foydalanmoqda. Lekin Diashdagi sekinlik, Akanjidagi konsentratsiya yetishmasligi va Stounzning jarohatlari jamoaning zaif nuqtasiga aylandi.
Husanov esa tezkor, hujumni to‘xtata oladigan, jarima maydonchasida kurasha oladigan va to‘pni nazorat qiluvchi o‘yinchi sifatida tavsiflanmoqda.
Gvardiola himoya markazida Diash va Gvardiolni tanlaydi. Biroq Husanov bu pozitsiyada deyarli xato qilmagan va endi u ham munosib o‘yin vaqti olishi kerak.
Uning "Tottenxem", "Real" va "Liverpul"ga qarshi o‘yinlardagi harakatlari yuqori darajadagi markaziy himoyachi ekanini ko‘rsatdi.
Endi “Siti” yangi APL mavsumiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Abduqodir Husanov va uning jamoasi 16 avgust kuni “Vulverxempton”ga qarshi safarda chempionatni boshlaydi.
Siz nima deb o‘ylaysiz? Gvardiola Husanovga imkoniyat berishi kerakmi? “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar